Qarz moliyalashtirish (DCM)
Ansher Capital’ning qarz moliyalashtirish bo‘yicha jamoasi turli sohalardagi mijozlarni keng ko‘lamli moliyaviy vositalardan foydalangan holda qo‘llab-quvvatlaydi. Bunga korporativ obligatsiyalarni (jumladan, Evrobondlar), sukuk va boshqa islomiy moliya vositalarini chiqarish, shuningdek, transchegaraviy qarz moliyalashtirish kiradi.
Bizning DCM xizmatlarimiz
Obligatsiyalar chiqarish (mahalliy va xalqaro)
Mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida turli xil obligatsiyalar (korporativ, Yevroobligatsiyar, Sukuk va boshqalar) chiqarish va joylashtirish
To‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni jalb qilish
Ansher Capital yirik korporatsiyalar hamda kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun turli sohalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz moliyalashtirishni tashkillashtiradi
Islomiy moliyalashtirishni jalb qilish
Ansher Capital Islom taraqqiyoti banki (IsDB) a’zosi bo‘lgan Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islomiy korporatsiya (ICD) bilan hamkorlikda, Shariatga mos muvofiq moliyaviy yechimlarni mijozlariga taqdim etadi
Eksport-kredit agentliklari kafolati ostida moliyalashtirishni jalb qilish
Ansher Capital yetakchi Yevropa moliya institutlari bilan hamkorlikda Italiya eksport-kredit agentliklari kafolatlari ostida O‘zbekiston banklariga kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun raqobatbardosh shartlarda savdo va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz moliyalashtirishni taqdim etadi
Nima uchun Ansher Capital tanlanadi
Bozorga chuqur kirish
Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va AQShdagi institutsional va xususiy investorlarning ishonchli baza
Ishonchli obro‘
Turli sohalardagi kompaniyalar uchun 28 ta muvaffaqiyatli obligatsiya chiqariliпфт
Har bir mijoz uchun individual yechimlar
Biznes va bozor xususiyatlarini inobatga olgan individual moliyaiy yechimlar
Mintaqaviy va global qamrov
Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va AQShdagi yetakchi moliyaviy institutlar bilan mustahkam hamkorlik