ECM Xizmatlari: Aksiyadorlik Kapitalini Jalb Qilish | Ansher Capital

Aksiyadorlik moliyalashtirish xizmatlari (ECM)

Ansher Capital xaridorlar hamda sotuvchilar tomonida ECM bo‘yicha maslahat xizmatlarini, shuningdek, xususiy joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Ansher Capital’ning ECM jamoasi o‘z mijozlarini mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida aksiyadorlik kapitalini jalb qilish bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan, jumladan IPO, aksiyadorlik moliyalashtirishi, ulushlarni sotish va transchegaraviy bitimlar bo‘yicha maslahat berishga tayyor.

Bizning ECM xizmatlarimiz

Xususiy kapital jalb etish

Biz kompaniyalarga xususiy kapital jalb etishda ko`maklashamiz, hamda jarayonning barcha bosqichlarida kompleks hamrohlikni taqdim etamiz

Xalqaro va mintaqaviy birjalarda IPO va SPO’larni tashkil etish

Biz kompaniyalarni xalqaro va mintaqaviy birjalarda IPO va SPO tashkil etish orqali aksiyadorlik kapitalini jalb qilish bo‘yicha professional maslahat xizmatlarini ko‘rsatamiz

Aksiyalarni xususiy joylashtirilishi (Private Placement)

Biz kompaniyalarga aksiyalarni xususiy joylashtirish orqali ulushli moliyalashtirish jalb etishda ko'maklashamiz

Nima uchun Ansher Capital tanlanadi

Mintaqaviy rahbariyat

Investitsion-bank sohasida 26 yildan ortiq tajriba va turli sohalarda aksiyadorlik kapitalini jalb etish bo‘yicha muvaffaqiyatli yakunlangan bitimlar.

Global qamrov

Ansher Capital Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va AQShdagi yetakchi moliyaviy institutlar hamda xalqaro korporatsiyalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, bu kompaniyaga haqiqiy global qamrovni ta’minlash imkonini beradi

Shaxsiylashtirilgan yondashuv

Har bir bitim mijozning o‘ziga xos maqsadlari, strategik qarashlari va uzoq muddatli ustuvorliklarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi

Isbotlangan obro‘

O‘z faoliyati davomida Ansher Capital Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq mamlakatlari hamda AQShdan institutsional va xususiy investorlar bazasini mustahkam shakllantirdi